Qabr sotiladi!

Los-Anjeles qabristonidagi qabrlardan biri 2 million dollarga sotuvga qo’yildi.

Qabrni sotib olgan odam Merlin Monro va Xyu Xefner bilan «qo’shni» bo’lishi mumkin.

«The New York Post» gazetasining yozishicha, Pierce Brothers Westwood Village Memorial Park qabristonidagi qabrlardan birini ana shunday katta to’lov evaziga sotib olish mumkin. Bu joy bo’lajak «qo’shnilar» tufayli shunday katta narxda baholandi.

 

Qabrni sotib olgan odam Merlin Monro va Xyu Xefner bilan «qo’shni» bo’lishi mumkin.

 

Bu qabr avval brodvey myuzikllari bastakori Jerri Xermanga tegishli bo’lgan. Ammo u 2019-yilda olamdan o’tgach, qarindoshlari Jerri Xermanni Nyu-Jersida, onasi yonida dafn qildi. Yer maydoni esa sotuvga qo’yildi.

 

1905-yilda ochilgan qabriston eng qimmat joylardan biri sanaladi. Bu yerda aktrisalar Natali Vud va Ferra Fosett, yozuvchi Trumen Kapote, qo’shiqchi Din Martin kabi mashhurlar dafn etilgan.