image0 AQSHda 104 yoshli ayol tug‘ilgan kunini qamoqxonaga borib nishonladi1 north_east

Britaniyada 102 yoshli ayol tug‘ilgan kunida parashyutdan sakradi (video)

Qo‘shma Shtatlardagi qariyalar uyida yashovchi ayol o‘zining 104 yoshga to‘lishi munosabati bilan Nyu-York shtatidagi mahalliy qamoqxonaga olib ketildi. Bu haqda “Sky News” xabar berdi.

Loretta ismli ayol o‘zining 104 yoshini Livingston okrugi qamoqxonasiga tashrifi bilan nishonlab, o‘zining tug‘ilgan kunini nishonlashning noodatiy usulini tanladi. O‘zining so‘zlariga ko‘ra, bu tashrif uning orzularidan biri bo‘lgan.

Politsiya xodimlari qamoqxonaga borishdan oldin uni qahva va bayram torti bilan tabriklagan. Sherif bilan suhbat chog‘ida ayol uzoq umr ko‘rish sirlari bilan o‘rtoqlashar ekan, inson asosiysi o‘zi sevgan ishi bilan shug‘ullanishi lozimligini aytgan.

“Loretta qamoqxonamizni kezib, ajoyib vaqt o‘tkazdi. Biz uning istagini amalga oshira olganimizdan xursandmiz”, deydi politsiya xodimlari.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq sayyoradagi eng keksa erkak, britaniyalik Jon Alfred Tinnisvud o‘zining 112 yoshini nishonlagandi. Tinnisvud 1912 yilda, Titanik cho‘kib ketgan yili Liverpulda tug‘ilgan. Uning hayoti davomida Buyuk Britaniya 24 Bosh vazirni ko‘rgan.