image0 Nyu-Yorkdagi “zoopark”da hayvonlar chizgan rasmlar kimoshdi savdosiga qo‘yildi (foto)1 north_east

Toshkent viloyatidagi hayvonot bog‘ida sherlar qorovulni yeb qo‘ydi

AQSHning Nyu-York hayvonot bog‘ida saqlanadigan pingvinlar, jirafalar, yalqovlar, kapibaralar va boshqa hayvonlar chizgan rasmlar gala-auksionga qo‘yildi. Bu haqda hayvonot bog‘i o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.

Nyu-Yorkdagi “zoopark”da hayvonlar chizgan rasmlar kimoshdi savdosiga qo‘yildi (foto)2

Qayd etilishicha, “rassomlar” yaqinda bo‘lib o‘tadigan Animal art auction'da o‘z durdona asarlarini namoyish etish uchun tinmay mehnat qilmoqda.

Nyu-Yorkdagi “zoopark”da hayvonlar chizgan rasmlar kimoshdi savdosiga qo‘yildi (foto)3

Hayvonot bog‘i xodimi Mikayla Konvey ijodiy jarayon haqida so‘zlab bergan. Rasm chizish hayvonlar uchun nafaqat o‘quv mashg‘ulotiga, balki jarayondan zavq olish va o‘z his-tuyg‘ularini ifodalashning bir usuliga ham aylangan. Ammo bu natijaga hayvonlarga motivatsiya beradigan narsa – tamaddi berib turish orqali erishilgan. Misol uchun, pingvinlar ularga mazali mukofot va’da qilinishini eshitgach, rasm chizishga mas’uliyat bilan yondasha boshlagan.

Nyu-Yorkdagi “zoopark”da hayvonlar chizgan rasmlar kimoshdi savdosiga qo‘yildi (foto)4

“Pingvinlarimizni rasm chizishga undashning eng oson yo‘li bu – tamaddi”, deydi Konvey.

“The Dream Big Gala: Night Out on the Town” nomli katta auksion joriy yilning 15 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Lotga hayvonlar tomonidan chizilgan san’at asarlari kiritiladi. Ayni paytda ijtimoiy tarmoqlarda ushbu rasmlarning ba’zilari namoyish etilgan. Kimoshdi savdosi ham onlayn tarzda o‘tkaziladi va undan tushgan mablag‘ hayvonot bog‘i xarajatlari hamda hayvonlar ehtiyojlariga sarflanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amerika avtomobillari auksion uyi Rockstar AQSH Prezidenti Donald Trampning mashinasini kimoshdi savdosiga qo‘ygandi. Tramp bu avtomobilga qancha vaqt egalik qilgani aytilmagan. Ferrari’ning holati: avariyalarsiz, bo‘yoq esa shaffof plyonka bilan himoyalangan. Rockstar avtomobil holatini 10 balldan 9 ballga baholagan.