Ma’lumki, Antarktida o’zining g’ayrioddiy sirli jihatlari bilan allaqachon butun dunyo olimlarining e’tiboriga tushgan. Bu yerdan ko’p hollarda hatto Oy va Mars sayyoralarida yo’q buyumlar ko’zga tashlanib qoladi, yangi sirlar paydo bo’ladi. Xullas, Antarktida yer yuzidagi eng kam o’rganilgan materik sanaladi.
Yaqinda u yana bir sirni mutaxassislarga ko’ndalang qo’ydi. Eriy boshlagan muzliklar ostidan o’ta g’ayrioddiy uskuna chiqib keldi. Uskuna yer yuzida yaratilgan ixtirolarning birontasiga o’xshamaydi. Uskuna Antarktidaning Janubiy qismidan topildi. U bir qarasangiz, o’ziuchar uskunaga, bir qarasangiz, qandaydir fanga noma’lum qurolga ham o’xshab ketadi. Uning ulkanligi-chi!?. Uzunligi 107 metr, eni esa 74 metrga teng. Janubiy Qutbda ish olib boruvchi ekspeditsiya a’zolari ham uni ko’rgach, yelka qisishdan nariga o’ta olishmadi. Faqat uskuna ko’plab asrlar oldin yasalganini tasdiqlay olishdi xolos.
Albatta, ish endi boshlandi. Olimlar bu uskunani qisqa muddatda to’liq o’rganib chiqishga bel bog’lashgan.
esoreiter. ru