Darhaqiqat, Payg’ambar sollalloxu alayhi va sallamdan, u kishi ayrim sahobalarini qorni bilan (yotgan holda) uxlayotganini ko’rib, uning oyog’ini qimirlatib shunday deganliklari vorid bo’lgan: «Bu Alloh taolo g’azablanadigan yotishdir». (Boshqa) bir rivoyatda esa: «Batahqiq, u do’zax ahlining yotishidir». Abu Dovud rivoyatlari.
Ushbu hadisni Allohning izni bilan tabobat tasdiqladi. O’ng tarafga yonboshlab yotish inson tanasi uchun hamda sog’lig’i uchun eng afzal ekanligini aniqladi.
O’ng tomonga yonboshlab yotishning foydalari:
Chap tomondagi o’pka o’ng tomondagiga nisbatan hajmi kichikroq bo’lganligi tufayli yurak ko’tarishiga osonroq buladi.
Jigar osilib qolmasdan bir tekisda turadi. Oshqozon ham jigarning tepasida qulay joylashadi. Oshqazon oziq-ovqatni hazm qilib bo’lgach, oson va yengil tozalanadi.
O’ng tomonga qarab uxlash tibbiyotda eng yaxshi davolanish usullardan biri bo’lib, chap o’pkaning nafas olish yo’llaridagi shilliqsimon suyuqliklarni chiqarib yuborishidagi vazifasini yengillashtirar ekan.
Ba’zi tadqiqotlar tasdiqlaganidek, inson o’ng tomonga yonboshlab, o’ng qo’lini yuzning o’ng tomoniga qo’yib yotishi, miyadagi ortiqcha va zararli chiqindilardan forig’ bo’lib, ideal uyquga ketishi uchun munosib dam ola boshlar ekan.
Yuqoriga qarab yotishning zararli tomonlari:
Og’izdan nafas olishiga sabab bo’ladi. Chunki Yuqoriga qarab yotilganda pastki jag’ bo’shashib, og’iz o’z-o’zidan ochilib ketadi. Og’izdan nafas olish esa insonni ko’p kasalliklarga eltadi. Shamollash va burun bitishi hamda milklarning qurishiga sababchi bo’lib, so’ngra surunkali yallig’lanish boshlanadi. Natijada giperplaziya yoki milklarda shishlar paydo bo’la boshlaydi.
Ushbu vaziyat yana halqum va burun kovaglarini kengaytirib, to’g’ri nafas olishiga xalaqit beradi. Natijada inson xurrak otishdan to’xtamaydi.
Inson uyg’onganda esa og’zidan nafas olgan holatda turadi va tili odatdagidan o’zgacha bo’lib, oq rangli qoplam bilan qoplangan bo’ladi. Bundan tashqari esa og’izdan yoqimsiz hid tarala boshlaydi.
Hamda ushbu vaziyat umurtqa pog’onasiga ham nomunosibdir. Chunki umurtqa bir tekisda bo’lmaydi. Ya’ni bo’yin va bel qismlar (xuddi to’lqin shakliga o’xshab) egilib qoladi.
Chap tomonga yonboshlab yotishning zararli tomonlari:
Yurakni o’ng tomondagi (og’ir) o’pka bosib qo’yib, yurak urish funksiyasiga ta’sir qiladi. Va (ayniqsa keksalarning) ish faoliyatini qisqartiradi.
O’ng o’pka to’lib turgan oshqozonni ezib, yurak va jigarga og’irlikni tushiradi.
Ichki a’zolardan jigar og’irroq hisoblanib, u chap tomonga og’ib (osilib) qoladi. Jigar o’ng tomonda bo’lganligi bois hamma og’irligi yurak va oshqozonga tushib, natijada oshqozonning hazm qilishini kechiktiradi.
O’tkazilgan tajribalar yana shuni tasdiqlab berdi:
O’ng tomonga yonboshlab yotilganda, oshqozon oziq-ovqatni ichak tomonga 2.5-4.5 soatlar ichida hazm qilib o’tkazar ekan. Agarda chap tomonga yonboshlansa, jarayon 5-8 soatlar ichida davom etar ekan.
Manba: Azon.uz