Missuri shtati sudi mahalliy fuqaro Devid Berrini brakonyerligi uchun bir yil qamoq jazosiga hukm qildi.
Shuningdek, sud unga har oyda kamida bir marotaba «Bembi» multfilmini ko’rish majburiyatini yukladi deb yozadi Daryo.uz nashri.
Mahkamaga ko’ra, Berri uch yil davomida sheriklari bilan bir necha yuz kiyikni o’ldirgan. Jinoyatchilar aksar hollarda kiyiklarning faqat boshini olib, tanasini o’rmonda qoldirgan.