Xolid Erganchni «Muhtasham yuz yil» teleserialiga birinchi martadayoq qabul qilishgan. Rejissyorlar va prodyuserlar aktyorni ko’rgandayoq tarixdagi Sulaymonshohni tasavvur eta boshlashdi.
Xolid Erganch ushbu roliga juda ehtiyotkorlik va jiddiylik bilan munosabatda bo’lgan. Ko’plab tarixiy qo’lyozmalarni o’qib chiqqan, savol tug’ilsa, mutaxassislar bilan muammoning yechimini qidirib topgan. Bir so’z bilan aytganda, u usmoniylar imperiyasining 10- sultoni obrazi to’laqonli, ishonchli chiqishini xohlagan.
Agar bilganlar bo’lsa, Sulaymonning keksaygandagi soqoli qalin va uzun ko’rinishda bo’lgan. Lekin bu parik emas. Aytishicha, Xolid Erganch atayin uzoq muddat soqolini olmagan va bu amal ham muvaffaqiyatli chiqqan. Rafiqasi esa suratga olish ishlari tezroq tugashini, eri uning qarshisida sulton Sulaymon emas, bugungi Xolid Erganch qiyofasida namoyon bo’lishini intiqlik bilan kutgan.
— Menga sulton Sulaymondek buyuk shaxs rolini ijro etish nasib qilganidan baxtiyorman, — deydi aktyor. — Shuning bahonasida usmoniylar haqida ko’p narsalarni bilib oldim…
Sulton Sulaymon rolini qoyillatib ijro qilgach, Xolid Erganchning martabasi sezilarli darajada oshdi, kelajak eshiklari yanada kengroq ochib qo’yildi.
Aktyor faqat ko’chalarda ham uni sulton Sulaymon obrazida ko’rganlaridan norozi ekanini ham yashirib o’tirmadi. Aytdiki, hayotda sulton Sulaymon va uning o’rtasida ot bilan tuyacha farq bor. Birinchi navbatda xarakteri sultonnikidek keskin va og’ir emas.
Olimjon HAYIT tayyorladi