Olimlar ularning mavjudligi haqida hatto bilishmagan ham. Yer ustida 100 gigatonna tirik mavjudot bor. Ularning 80 foizini odamlar yoki hayvonlar emas, mikroblar tashkil etadi.
Tennessi universiteti olimlarining ta’kidlashicha, ushbu mavjudotlarning aksariyat qismi butunlay noma’lum va o’rganilmagan organizmlar guruhidan iborat bo’lib, ularni laboratoriya sharoitida yetishtirib bo’lmaydi. Aftidan, ularning ko’pchiligini arxei va bakteriyalar tashkil etadi. Biroq kollaboratsiya bo’yicha rahbarlardan biri Mitch Soginning aytishicha, olingan ma’lumotlar 1977 yili Karl Vyoze (Carl Woese) taklif qilgan yer yuzidagi hayotni bakteriyalar, arxeilar, eukariotlarga ajratishga turtki bo’lishi mumkin.
Agar yer ostida hayot qaynayotgan va bu haqda olimlar endi xabar topgan bo’lsa, Quyosh sistemasidagi boshqa sayyoralarda hayot borligini inkor etishga hech qanday asos yo’q. Merkuriy, Venera, Mars kabi sayyoralar haqida hozirgacha ma’lum bo’lgan ma’lumotlar u yerda hech qanday jonzot yashamasligini ko’rsatgan. U yerda ham biror jonzot yashashini bilish uchun, ehtimol, barcha tadqiqotlarni yangidan boshlashga to’g’ri kelishi mumkin.