Ertalabki shish muammosi barchaga yaxshi ma’lum. Ba’zilarda tungi ziyofat tufayli, boshqalarda esa har kuni va hech qanday sababsiz ham shish kuzatiladi. Darhaqiqat, tanada suyuqlik to’planish sabablari juda ko’p bo’lishi mumkin: noto’g’ri ovqatlanish, gormonal nomutanosiblik, yomon uyqu yoki suvsizlanish. Shifokor, albatta, shish paydo bo’lishining sababini aniqlashga yordam beradi.
Ko’pincha shish kechasi iste’mol qilgan mahsulotdan kelib chiqadi. Ertalab shishning oldini olish yoki kamaytirish uchun dietologlar yotishdan 2-3 soat oldin kechki ovqatni tanovul qilishni tavsiya qiladi. Albatta, ideal holda kechki ovqatdan butunlay voz kechish yaxshiroqdir, lekin har qanday inson ham sog’lom odatlar va qoidalarni buzadi. Agar sharoitlar kechki ovqatdan bosh tortishga imkon bermasa, suyuqlik va ko’p tuzni o’z ichiga olmaydigan mahsulotlar tavsiya etiladi.
Grechka
Tuz va ziravorlarsiz qaynatilgan grechka shishsiz uyg’onishni istaganlar uchun ayni muddaodir. Kletchatkaga boy grechka, bundan tashqari tanadan toksinlarni olib tashlaydi va tezda to’qlik hissini beradi.
Olma
Olma vitaminlarning haqiqiy ombori va shishmaslik uchun ajoyib vositadir. Bu mazali meva kletchatka, organik kislotalar, polifenol antioksidantlar, kaliy, temir, yod, C va B vitaminlari va boshqa oziq moddalar, minerallarga boy. Ular ortiqcha suyuqlik va toksinlarni olib tashlaydi va bundan tashqari, ovqat hazm qilishni yaxshilaydi.
Petrushka
Umuman olganda, har qanday ko’katlar shishlarga qarshi kurashda yordamchi hisoblanadi. Ammo petrushka alohida e’tiborga loyiqdir, bu tanadan ortiqcha suyuqlik va toksinlarni olib tashlaydi va shu bilan shishni yengillashtiradi. Kechki ovqat uchun petrushkadan yengil salat yoki smuzi tayyorlash mumkin.
Quritilgan o’rik
Quritilgan o’rik diuretik ta’sirga ega va toksinlar bilan birga suyuqlikni tanadan chiqarib tashlaydi. Bir necha soat ichida shishni yengillashtiradigan quritilgan o’riklarning sharbatlari ayniqsa foydalidir.
Bulg’or qalampiri
Bulg’or qalampirida tananing to’g’ri ishlashi uchun zarur bo’lgan ko’plab vitaminlar va minerallar mavjud. Magniy va kaliyga boy qizil qalampir, ayniqsa, shish bilan kurashishda yaxshi. Shuningdek, mahsulot tarkibidagi mikroelementlar tanadan ortiqcha suyuqlikni olib tashlash uchun mas’ul.