AMUR YO'LBARSI HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR…

 

1. Amur yo’lbarsi boshqa qondoshlariga qaraganda seryungdir. Chunki u shimol yo’lbarsi hisoblanadi.

2. Amur yo’lbarsi boshqa yo’lbarslar ichida eng yirigi va xavflisi hisoblanadi.

3. Dumining uzunligi 110-115 santimetrgacha yetadi.

4. Amur yo’lbarsini Ussuriya va Sibir yo’lbarsi ham deb atashadi. Ammo birinchisi rasman tasdiqlangan.

5. Yovvoyi tabiat qo’ynida Amur yo’lbarsi hajmi o’zidan kichikroq bo’lgan har qanday jonzotni g’ajib tashlay oladi. Agar och bo’lsa ayiqqa ham tashlanishdan tiyilmaydi.

6. Amur yo’lbarsining bolalari bir yoshga yetgach, o’zlari mustaqil hayot tarzini boshlashadi.

7. Erkinlikda bu yo’lbars 10-12 yil umr ko’radi.

8. Amur yo’lbarsi balog’atga yetganda, vazni 200 kilogrammgacha yetadi.

9. U bir sakraganda yetti metr yo’l bosadi.

10. Amur yo’lbarsi o’ljasiga panada poylab qulay payt topgandagina tashlanadi. Ammo u o’nta ovdan bittasidagina muvaffaqiyatga erishadi.

11. Boshqa yo’lbarslardan farqli o’laroq, Amur yo’lbarslari odamga juda kamdan-kam holatlardagina hujum qiladi. Sababi noma’lum.

12. Amur yo’lbarsi bir kecha-kunduzda o’rtacha 20 kilogrammgacha go’sht yeydi. Omadi chopib kattaroq o’ljani tutsa, uch barobar ko’proq go’shtni ham ko’rdim demaydi.

13. Och qolganda u hatto qurbaqa va baliqlarni ham ishtaha bilan tanovul qiladi.

14. Bu yo’lbars turi qisqa masofaga soatiga 80 kilometr tezlikda chopadi.

15. U jismonan juda kuchli. Guvohlarning aytishicha, bir kuni Sibir taraflarda Amur yo’lbarsi otni yiqitib o’ldirgan. Go’shtini tinch va xotirjamlikda yeyish uchun otning jasadini deyarli bir kilometr masofagacha sudrab keta olgan.

16. Amur yo’lbarsining erkagi yolg’izlikda umr kechiradi. Bolalari onasi bilan yashaydi. Bir yoshga yetgach, ular ham har tarafga tarqalib ketadi.

17. U hayoti davomida faqat nikoh mavsumidagina tovush chiqaradi. Qolgan vaqtlarda tovushsiz hayot tarzini kechiradi.

18. Xitoyda Amur yo’lbarsini o’ldirgan fuqaro qatl etiladi.

Olimjon HAYIT tayyorladi

loading…