BILASIZMI?..

 

 

QORA RANG ORTIDAGI SIRLAR

 

Azaldan qora rang jumboqlar va sirlar rangi sifatida qabul qilingan. Dunyo xalqlarining aksariyati qora rangni faqat yomonlik belgisi deb biladi. Qora rang odamning ko’zlarini zaiflashtirib, hayotini xavf ostida qoldiradi. Bu rang o’lim, tushkunlik, aza, stress, motam belgisidir.

Aytishlaricha, qora rangli jonivorlarda yovuz ruhlar qudrati mavjudmish. Shuning uchun bo’lsa kerak, o’rta asrlarda jodugarlar qora mushukni o’zlarining xavfli quroliga aylantirishgan. Hozir ham odamlar ketayotganingda oldingdan qora mushuk o’tsa, baxtsizlik keltiradi deb hisoblashadi. Mifologiyada ham qora qarg’a faqat yovuzlik, yomonlik timsoli deya qabul qilingan.

Qora rang fashistlarning alohida ramzi edi. Italiyada «SS»chilarga aynan qora rangli forma tikilgan. Ularni «qorako’ylaklilar» deb atashgan.

Ammo qadimiy Misrda qora rang yangi hayotning boshlanishi deb qabul qilingan.

Afrikadagi «Ndembu» xalqlarida qora tusli ayollar xotin emas, o’ynash sifatida baholanadi. Yaponiyada esa qora rang yoshlik belgisi deya baholanadi. Karate va shu kabi sport turlarida qora rangli kamar eng yuqori darajani aks ettiradi. Ko’p mamlakatlarda alohida vazifani ado etuvchi shaxslarning avtomobili albatta qora rangga bo’yaladi.

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

loading…