* * *
Uch yigit ko’chada ketib borishardi. Ulardan biri kelayotgan taksini ko’rdi-yu, yonidagining orqasiga berkinib oldi.
— Senga nima bo’ldi? — so’rashdi undan.
— Kecha biz kinoteatrdan chiqsak, shu taksida uchtasi xotinimning qo’llarini qayirib taksiga o’tqazdi va jo’nab ketdi… Hozir… Qaytarib olib kelishdimi deb qo’rqyapman.
* * *
— Yomon tush ko’rdim. Tushimda kelishgan, go’zal bir millioner qiz meni talashib xotinim bilan rosa urishganmish.
— Bu tushning nimasi yomon?
— Xotinim g’olib bo’ldi, ovsar!
* * *
— Dugonajon, Mehriga ishonib sir aytsa bo’larmikan?
— Ha. Uch yil oldin unga bobosidan katta miqdorda pul meros qolgan. Haliyam bu haqda eri bilmaydi.
* * *
— Dugonajon, ishonasanmi, kecha mehmonga borgandim, sobiq erimni uchratib qoldim.
— Nima bo’pti?
— Men uning shu qadar yoqimtoy suhbatdosh ekanini ilgari bilmagan ekanman.
* * *
Janjalkash ayoldan tanishi so’radi:
— Eshitishimcha, sen ikkinchi marta turmushga chiqqanmishsan, rostmi?
— Ha, ammo u mendan ancha yosh ekan. Shundan xavotirdaman.
— Xavotir olma. Sen bilan bir yil yashasin, qanday qariganini o’ziyam bilmay qoladi.
* * *
Mehmonda xotin erini turtdi.
— Tez qiziqroq latifa ayting! Men bahonada kulay va yig’ilganlarga o’zimning yangi qo’ydirgan tilla tishlarimni ko’z-ko’z qilay!
* * *
— Bilasanmi, o’rtoqjon, aytishlaricha, strausning ko’rish qobiliyati juda sust ekan. Ammo oshqozoni har qanday narsaniyam hazm qilib yuboraverarkan.
— O’, odam bo’lganda, zo’r er chiqarkan-da o’sha strausdan!
* * *
Yigit juda tortinchoq edi. Shunga qaramasdan, sevgilisi Salimani darvozasi oldida intizor kutardi. Bir mahal darvoza ochilib qizning onasi paydo bo’ldi va yigitdan so’radi:
— Kimni kutyapsiz bu yerda?
— S-salimani…
— Shunaqami?.. Yo’q, siz Salimaga sira to’g’ri kelmaysiz. Negaki, otasi mening ketimdan chopib yurgan paytlarda uchrashuvga chiqmasam, bog’dan aylanib ichkariga kirgan, vovillab shovqin ko’tarayotgan itni bo’g’ib o’ldirgan, so’ngra ichkaridagi otamning ustidan eshikni qulflab mening barmog’imga nikoh uzugini taqqan va hoziroq nikohdan o’tish zarurligini aytgan. Salimaga ham xuddi o’shanaqangi qalliq kerak.
loading…