Amerikalik tadqiqotchi suv ostida eng uzoq vaqt bosimsiz qolish bo’yicha jahon rekordini yangiladi, deya xabar beradi BBC News.
Jozef Dituri Florida shtatidagi Key Largo shahrida 30 fut chuqurlikdagi lagunaning tubida 74 kundan ortiq vaqt o’tkazdi.
Tadqiqotchi shu natija bilan u to’xtab qolishni istamaydi. Yakshanba kuni u kamida 100 kun suv ostida qolishini aytdi.
2014 yilda Ki-Largodagi xuddi shu suv osti lojasida ikki professor atmosfera bosimida suv ostida 74 kun bo’lib, jahon rekordini o’rnatgan.
«Doktor Chuqur Dengiz» laqabli professor Dituri o’zining «sarguzasht»ini 1 martda Florida-Kisdagi lagunaning tubida joylashgan kichik xonadagi suv osti kabinasida boshladi.
Project Neptune 100 deb nomlangan loyihada Janubiy Florida universiteti professori Jozef Dituri inson tanasining haddan tashqari bosimga uzoq vaqt ta’sir qilishiga qanday javob berishini o’rganyapti. Bundan tashqari, tadqiqotchilar 55 yoshli erkakning sog’lig’ini, shuningdek, bunday uzoq vaqt izolyatsiyaning psixologik oqibatlarini o’rganish borasida bir qator tibbiy testlar o’tkazyapti.
Aytgancha, suv ostida o’tkazgan vaqt Diturining professorlik vazifalarini bajarishiga to’sqinlik qilmaydi. Janubiy Florida universiteti ma’lumotlariga ko’ra, professor lagunada yashayotganda biotibbiyot muhandisligi darslarini onlayn o’qitadi.
Professor har kuni ertalab soat 05:00 da mashq qilish uchun uyg’onadi. Mikroto’lqinli pechda qizdirishi mumkin bo’lgan tuxum va qizil ikra kabi proteinli ovqatlar bilan taomlanadi.