Alisher Usmonov dunyoning eng boy odamlari ro'yxatida 81-o'ringa ko'tarildi

Rossiyaning USM Holdings Limited kompaniyasi egasi, asli kelib chiqishi o’zbekistonlik bo’lgan rossiyalik milliarder Alisher Usmonovning boyligi joriy yil boshidan beri 1,26 milliard dollarga ko’payib, 19,7 milliard dollarga yetgan. Usmonov Bloomberg Billionaires Index ro’yxatida 81-o’rinda qayd qilindi.

Louis Vuitton brendi egasi Bernar Arno reytingda birinchi o’rinni egallab turibdi. Bloomberg uning boyligini 192,9 mlrd dollarga baholadi. Ilon Mask 169 mlrd dollar bilan ikkinchi, Jeff Bezos 129 mlrd bilan uchinchi o’rinda qayd etilgan.