Bloomberg dunyo milliarderlarining yangilangan ro’yxatini e’lon qildi.
Nashr talqiniga ko’ra, Louis Vuitton Moët Hennessy (LVMH) kompaniyalar guruhi prezidenti Bernar Arno 191 mlrd dollar bilan reytingda birinchi o’rinni egallagan. Uning boyligi hisobot davrida 29 mlrd dollarga ko’paygan.
Ikkinchi o’rinni SpaceX asoschisi va Tesla bosh direktori Ilon Mask band etgan. Maskning boyligi 169 mlrd dollarni tashkil etgan.
Amazon asoschisi Jeff Bezos esa 129 mlrd dollarlik boyligi bilan uchinchi o’rindan joy oldi. Uning boyligi o’tgan davr mobaynida 8 mlrd dollarga oshgan.
Bloomberg talqiniga ko’ra, Top-10 milliarderlar
Bernar Arno, Fransiya, 191 mlrd dollar, LVMH
Ilon Mask, AQSh, 169 mlrd dollar, Tesla, SpaceX
Jeff Bezos, AQSh, 129 mlrd dollar, Amazon
Bill Geyts, AQSh, 113 mlrd dollar, Microsoft
Uorren Baffet, AQSh, 108 mlrd dollar, Berkshire Hathaway
Larri Ellison, AQSh, 103 mlrd dollar, Oracle
Larri Peyj, AQSh, 92,7 mlrd dollar, Google
Stib Balmer, AQSh, 90,2 mlrd dollar, Microsoft
Sergey Brin, AQSh, 89,1 mlrd dollar, Google
Karlos Slim, Meksika, 85,7 mlrd dollar, Grupo Carso
Shuningdek, Rossiyaning USM Holdings Limited kompaniyasi egasi, asli kelib chiqishi o’zbekistonlik bo’lgan rossiyalik milliarder Alisher Usmonov ushbu ro’yxatda 81-o’rinda qayd etilgan. Uning boyligi yil davomida 1,26 mlrd dollarga ko’payib, 19,7 mlrd dollarga yetgan.