“O’zgidromet” 3 fevral, juma kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
Toshkent shahrida havo o’zgarib turadi, kechga tomon yomg’ir yog’adi. Shamol g’arbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-4 daraja iliq, kunduzi 10-12 daraja iliq bo’ladi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o’zgarib turadi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq—2 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo’ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo o’zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, tuman tushishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo’ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o’zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, tuman tushishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq, ba’zi joylarda 12-14 daraja iliq bo’ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo o’zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, tuman tushishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo’ladi.
Andijon, Namangan, Farg’ona viloyatlarida havo o’zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, tuman tushishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 1 daraja sovuq—4 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo’ladi.
Respublikaning tog’li hududlarida havo o’zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi. Qor ko’chishi xavfi bor. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-6 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo’ladi.