O’zbekiston prezidenti maslahatchisi Qahramon Quranboyev Rossiya hukumatidan mamlakatda migrant bolalar uchun bog’cha va maktablar ochishga yordam berishni so’ragan edi. Biroq, Rossiya dumasi deputati Mixail Delyagin bu tashabbus noqonuniy ekanligini aytgan.
“Faqat migrant bolalar uchun maktablar ochish RF fuqarolariga nisbatan kamsitish ekanligi aniq.
Bu Rossiyani yo’q qilishga, avval begona, keyin esa dushman anklavlarni yaratishga qaratilgan, ataylab olib borilgan siyosatdir.
Menimcha, O’zbekiston, albatta, bolalar bog’chalari va maktablarni qurishi kerak, lekin faqat o’z hududida.
Aslida, ular Rossiyaga kirib kelgan migrantlarni qaytarib olib ketishlari lozim”– RF Davlat dumasi deputati M. Delyagin.
O’zbekiston Qonunchilik palatasi deputati, “Milliy tiklanish” partiyasi rahbari Alisher Qodirov rossiyalik hamkasbining ushbu fikriga javob qaytardi: “Rossiya maktablarida o’zbek tilini o’rgatish rus millatini kamsitish hisoblanadi-yu, O’zbekiston maktablarida rus tilida ta’lim berilayotgani o’zbeklarni kamsitish hisoblanmaydimi?”