Qozog’iston oliygohlari bilan hamkorlikni kengaytirish bo’yicha 11 ta hujjat imzolandi.
““InnoWeek-2023” xalqaro innovatsion g’oyalar haftaligi doirasida O’zbekiston va Qozog’iston oliy ta’lim, fan va innovatsiya sohasidagi hamkorlik aloqalarini kengaytirish masalalariga bag’ishlangan uchrashuv o’tkazildi.
Unda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamentining rahbari Odil Abdurahmonov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o’rinbosari Shahlo Turdikulova, O’zbekistondagi Qozog’iston elchixonasi elchi-maslahatchisi Jaslan Iskakov hamda Fan va oliy ta’lim vaziri o’rinbosari Kamil Akatov, shuningdek, ikki davlatning bir qator oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirok etdi.
Uchrashuvda dastlab Prezident Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamentining rahbari O.Abdurahmonov ikki mamlakat o’rtasidagi aloqalar, jumladan oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida yo’lga qo’yilgan hamkorlik munosabatlariga to’xtalib o’tdi. So’ng ushbu aloqalarni kengaytirish hamda kelgusidagi istiqbolli rejalar muhokama qilindi hamda O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim muassasalari rektorlari kengashi hamda Qozog’iston respublikasi oliy ta’lim va oliy ta’limdan keyingi ta’lim muassasalari rektorlari kengashi o’rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Ushrashuv yakunida ikki davlat universitetlari o’rtasida hamkorlikni kengaytirish bo’yicha 11 ta xalqaro shartnoma imzolandi.