97 yoshli kolleksioner va dizayner Ayris Apfelga faqat havas qilish mumkin. U o’zining shu yoshida ham model nomini saqlab qolgan.
Yoshi bir joyga borib qolgan bu onaxon bazm va leksiyalarga borishni kanda qilmaydi. Muntazam ravishda o’z fotografiyasini instagramga joylashtiradi.
Shu kunlarda u Alessandra Ambrozio, Amber Valletta, Barbara Palvin, Bella Xadid, Jizel Byundxen kabi butun dunyoga mashhur modellar bilan hamkorlik qiladigan IMG agentligi bilan shartnoma imzoladi. Bu bilan Ayris hali ham modadan qolmaganligini isbotladi.
Ayris Apfel yorqin rangli kiyimlarni katta, chetiga turli toshlar qadalgan ko’zoynaklar bilan uyg’unlashtirishga usta.
Izohlarni ko`rish