Sidneydagi hayvonot bog’i ma’muriyati sevishganlar kuni munosabati bilan g’aroyib tanlov o’tkazmoqda. G’olibni ajoyib syurpriz kutmoqda: u hayvonot bog’idagi eng tajovuzkor va zaharli ilonga sobiq sevgilisining ismini qo’yishi mumkin.

Tanlovda qatnashish ilinjida bo’lganlar hayvonot bog’i hisobiga 1 dollar to’lashi va ilon nega aynan uning sobiq sevgilisi ismini olishi kerakligini 25 ta so’z yordamida izohlab berishi lozim.

«Siz nafaqat ilonga ism qo’yasiz, balki uni yil davomida yo’qlab turish uchun bepul sertifikatga ham ega bo’lasiz», — deb yozib qo’yilgan hayvonot bog’i saytida.

Mazkur tanlov 13 fevral kuni o’z yakuniga yetadi.