Joriy yilning 7-8 mart kunlari respublikaning ba’zi hududlarida shamol tezligi 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 6 mart kuni shimolda va cho‘l hududlarda, 7-8 mart kunlari respublikaning qolgan hududlarida ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, Navoiy, Jizzax viloyatlarida ayrim joylarda ba’zida 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin.
7 martda va 8 martga o‘tar kechasi respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Kunduzgi harorat 7-10 daraja iliqqacha pasayadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zgidromet joriy yilning 6-11 mart kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sababli respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilgan edi.