image0

AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan Mar-a-Lago shahridagi qarorgohida  yolg‘iz kechki ovqat 5 mln dollarga tushadi. Bu haqda “Wired” xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, Tramp bilan kechki ovqatda boshqa mehmonlar bilan birgalikda ishtirok etish uchun 1 mln dollar to‘lash kerak.

Ta’kidlanishicha, ushbu takliflar juda cheklangan.

Qayd etilishicha, Tramp ilgari ham bunday tadbirlarni o‘tkazgan, ammo AQSH Prezidenti lavozimini egallaganidan keyin ilk bor ushbu tadbirni o‘tkazishidir.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 5 mart kuni Kongressdagi nutqida AQSH Prezidenti Donald Tramp mamlakatda va butun dunyoda “sog‘lom fikr inqilobi”ni e’lon qilib, AQSHda faqat ikkita jins – erkak va ayol tan olinishini aytgandi. Tramp Amerikada “sog‘lom fikr inqilobi”ni boshlab, u butun mamlakat bo‘ylab va butun dunyoga tarqalishini aytgan.