6 yoshli qiz Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi

Kanadalik yosh qizaloq Simar Hurana bo’sh vaqtini video o’yinlarga sarflash o’rniga, ularni yaratishgaqaror qildi. 6 yoshu 335 kunlik qiz bolalarga sog’lom va nosog’lom oziq-ovqat nima ekanligini oson yo’l bilan aytib beradigan ta’lim dasturini ishlab chiqdi. Shu tufayli u dunyodagi eng yosh dasturchiga aylandi. Uning yutug’i Ginnesning rekordlar kitobi mutaxassislari tomonidan qayd etildi.

Qizning otasi qizining matematikadagi noyob qobiliyatini erta kashf etgan. Simar o’quv videolarini tomosha qilib, matematikani mustaqil o’rgangan. Uzoq vaqt davomida ota-ona qizaloqqa o’qituvchi topa olmagan, ammo Simar dasturlash maktabiga o’qishga kirgach, muammo hal qilingan.

O’yin g’oyasi qizning kundalik hayotidagi voqeadan kelib chiqqan. Oila shifokori Simar va uning singlisini ko’p arzimas ovqat iste’mol qilgani uchun tanbeh bergan. Yosh dasturchi to’g’ri ovqatlanish tamoyillarini bilish qanchalik muhimligini tushundi va bu bilimlarni tengdoshlari bilan bo’lishishga qaror qildi.