Har doim chiroyli to’yni orzu qilgan AQShda yashovchi 42 yoshli Sara Uilkinson o’zi uchun nikoh marosimini o’tkazdi. Bu haqda «The Sun» nashri xabar berdi.
«Men bolaligimdan turmush qurishni orzu qilgan ayollardanman. Kichkinaligimda kelin rolini o’ynashni, pardalardan libos tikib, boshimga plastik toj kiyib yurishni yoqtirardim. Men egizak o’g’il yoki uch egizak qiz farzandli bo’laman va erim bilan oppoq go’zal uyda yashaymiz deb orzu qilardim”, – dedi Uilkinson.
Ayolning hayotidagi yagona uzoq muddatli munosabat 28 yoshida boshlangan va to’rt yil davom etgan. Shundan so’ng, ayol o’ziga turmush o’rtoq qidirishni to’xtatmadi, lekin o’shandan beri u munosib odamni uchratmadi. Sara endi vaqtni behuda o’tkazmoqchi emasligini tushunib, o’ziga turmushga chiqishga qaror qildi.
Nikoh uchun ayol brilliant uzuk sotib oldi va do’stlari uchun ziyofat uyushtirdi. Marosim 80 nafar mehmon ishtirokida bo’lib o’tdi, unda Uilkinson o’zini sevishga va o’zini asrashga qasamyod qildi. G’ayrioddiy bayramning narxi 12 ming dollarga tushgan.