image0

Oksford inglizcha lug‘ati “brainrot” so‘zini 2024 yilning eng mashhur va eng yaxshi so‘zi deb e’lon qildi. Bu haqda Oksford universiteti matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, ushbu so‘z 37 ming o‘quvchi orasidan ovoz berish yo‘li bilan tanlangan. “Brainrot” – bu sifatsiz onlayn kontentni haddan tashqari iste’mol qilish oqibatida insonning ruhiy yoki intellektual holatining yomonlashishiga ishora qiladi. Bu so‘z birinchi marta 1854 yilda Genri Devid Toro tomonidan o‘zining “Uolden yoki o‘rmondagi hayot” kitobida ishlatilgan. 2023 va 2024 yillar oralig‘ida uni eslatish chastotasi 230 foizga oshgan. Oksford lug‘atining ta’kidlashicha, bu onlayn kontentni haddan tashqari iste’mol qilish oqibatlari haqida tashvish ortib borayotganidan dalolat beradi.

O‘tgan yilgi yil so‘zi “goblin rejimi” jargon atamasi bo‘ldi, bu odatda jamiyatning me’yorlari va umidlarini qabul qilishdan bosh tortish bilan bog‘liq bo‘lgan mutlaq o‘zini o‘zi yoqtirishga asoslangan xulq-atvorni anglatadi.

2023 yilda Oksford lug‘atining yil so‘zi “uslub, joziba yoki jozibadorlik” degan ma’noni anglatuvchi “rizz” bo‘lgandi. Kembrij inglizcha lug‘ati avvalroq “manifest” fe’lini 2024 yil so‘zi deb atagandi. Bu “ko‘zlangan narsaga erishganingizni tasavvur qilish uchun vizualizatsiya va tasdiqlash kabi usullardan foydalanish, bunday harakatlar ushbu yutuqlarga erishish ehtimolini oshiradi” degan ma’noni anglatadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukrainada “mobilizatsiya” atamasi 2023 yil so‘zi sifatida tanlangandi. Yil so‘zi bo‘yicha boshqa variantlar orasida “aksil hujum”, “qo‘rqinchli”, “17 grivnaga tuxum”, “dron” va "Qrimdagi yoz" iboralari ham bo‘lgandi.