Bugun, 4 dekabr kuni ikkita potensial xavfli 447755 (2007JX2) va 2020XR asteroidlari Yer sayyorasi yaqinidan uchib o‘tishi kutilmoqda. Bu haqda NASA ma’lum qildi.
Xabarga ko‘ra, 2007JX2 osmon jismining uzunligi 402,3 metrni tashkil qiladi. Undan Yergacha bo‘lgan masofa 5 mln 532 ming 113 kilometrga teng. Uzunligi 387,7 metr bo‘lgan 2020XR asteroidi esa Yerga 2 mln 209 ming 287 kilometrga yaqinlashadi.
NASA va boshqa kosmik agentliklar tomonidan diametri 140 metrdan katta va Yerdan 7,5 million kilometr masofadan uchib o‘tishi mumkin bo‘lgan asteroidlarni “potensial xavfli” deb tasniflangan. Uning orbital yo‘nalishi o‘zgarsa yoki boshqa ob’ekt bilan to‘qnashib, trayektoriyasi o‘zgarsa, xavf ortishi mumkin.
Ma’lumot uchun, asteroidlar quyosh tizimidagi asosiy yulduz atrofida harakatlanadigan nisbatan kichik samoviy jismlardir. Sayyoralardan farqli o‘laroq, ular notekis shaklga ega va atmosferaga ega emas, lekin sun’iy yo‘ldoshlarga ega bo‘lishi mumkin. Kichik asteroidlar yer atmosferasiga kirganda yonib ketadi va meteoroidlar deb ataladi.