2020 yilning eng mashhur multseriali ma'lum bo'ldi

Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun yaratilgan “CoComelon: Bolalar uchun qo’shiqlar” nomli multserial “Netflix” talqiniga ko’ra, 2020 yilning eng mashhur kartinasi deb topildi.

Bu haqda “Business Insider” “Reelgood” tadqiqotlariga asoslanib xabar berdi.

Reytingda ikkinchi o’rinni “Ofis”, uchinchi o’rinni «Qirolicha yurishi» egalladi.

Kuchli o’ntalikdan, shuningdek, «Yo’lbarslar qiroli», «Ozark», «Tashqi qirg’oqlar», «Ambrella Akademiyasi», «Kobra Kay» hamda «Ojiz sevgi» joy oldi.