Muhtaram korrupsionerlarimiz uchun master-klass…

Kecha hamyonni uyda qoldiribman. Tushlik mahali bilib qoldim. Nafsim «eyman», deb rosa to’polon qildi. Biroq men uni ko’ndirishga harakat qildim.

«Shuncha yildan buyon sening izmingdaman, misoli bir qulday ne istasang, barini qildim. Qolaversa, kamtomoqlik, sabr-qanoatga u tomonda mukofot ham bor ekan. Nega endi senu men u dunyoning saodatidan birgina chala qovurilgan tovuqni ustun qo’yishimiz kerak. Kel, qanoat va sabrli bo’laylik. Shunda boshqa a’zolargayam shafqat va rahm qilgan bo’lamiz. Ular ham bundoq erkinroq nafas olishadi. Aslida, bu ham bir savob…»

Nafsim rozi bo’ldi. Biz sulh tuzdik. Endi ochko’zlikka barham berishga kelishib oldik. Buni nima uchun aytdim? Shuning uchunki, korrupsionerlarimiz va muhtaram o’g’rilarimiz ham o’z nafslari bilan muzokara o’tkazsa bo’larkan. Men buni uddaladim.

@platformauzb