Collins ingliz tili lug’ati tomonidan yil so’zi aniqlandi.
RIA Novosti xabariga ko’ra, atrof muhit va ozuqa zanjiriga zarar yetkazadigan va cheksiz foydalaniladigan predmetlarni anglatuvchi “single-use” so’zi 2018 yil so’zi deb topildi.
Masalan, bir marta ishlatilib, keyin tashlab yuboriladigan plastik mahsulotlar, polietilen xaltalari single-use tovarlar hisoblanadi.
Ummonning eng chekka hududlarida suzib yurgan plastik buyumlar, butilkalar, paketlarning suratlari shunday mahsulotlardan foydalanishni qisqartirishga chaqiruvchi kampaniyani boshlab berdi. Xususan, yuqoridagi so’z dunyo OAV, ijtimoiy tarmoqlari va o’zaro muloqotlarda juda ko’p foydalanila boshlangan.
CollinsDictionary manbasining qayd etishicha, ushbu atama joriy yilda 2013 yilga nisbatan kuniga to’rt marotaba ko’p qo’llanilgan. Yil so’zi bo’lishga backstop (Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiyaning Brexit bo’yicha kelishuvi mavjud bo’lmaganda, Irlandiya va Shimoliy Irlandiya o’rtasidagi chegara maqomiga tegishli yuridik shartnomani anglatuvchi so’z), gammon (Brexit tarafdori bo’lgan o’rta yoshli, qizil yuzli erkakni tasvirlashda qo’llaniladi), shuningdek, MeToo (ushbu termin eng avvalo ishda jinsiy zo’ravonlikka qarshi harakatni anglatadi) ham da’vogarlik qilgan edi.