Forbes jurnali 2017 yil 1 iyundan 2018 yil 1 iyungacha AQShda 24,5 million kitob sotishdan jami 283 million dollar olgan 11 nafar yozuvchi ro’yxatini e’lon qildi.

Birinchi o’rinni inspektor Aleks Xros haqidagi romanlari bilan tanilgan Jeyms Patterson egalladi. Uning hisobida 86 million dollar va 4,8 nusxada sotilgan kitoblar bor.

Garri Poter dunyosini yaratgan Britaniyalik Joan Rouling 54 million dollar va 2,7 million sotilgan kitob bilan Forbes ro’yxatining ikkinchi o’rnida joylashdi. O’tgan yilgi reytingda u 95 million dollar bilan yetakchilik qilgan edi.

Eng ko’p haq to’lanadigan yozuvchilar uchligini Stiven King yopdi. AQShda ijod namunalarining 2,7 million nusxasini sotganidan so’ng 27 million dollar foyda ko’rdi. Ushbu miqdorning aksariyatini unga 2017 yilda ekranlarda namoyish etilgan «U» romanining yangi versiyasi olib keldi.

To’rtinchi o’rinni Jon Grishem (21 mln. dollar), Den Braun va Jeff Kinni 18,5 mln dollar bilan beshinchi o’rinni egalladi.