XX1 ASR GIPPOKRAT QASAMI

Doktor Chexov, Arkanov, Rozenbaum, Vatson va Aybolitlar nomi bilan qasam ichamanki, o’shalarning guvohligida quyidagi qasamimni yozma ravishda bayon etaman:

— Egnimda oq xalat, oq shapka bo’ladi.

O’zicha davolanishga yo’l qo’ymayman. Hamkasblarim boyib ketishlari uchun yordamimni ayamayman.

Bemorni aqlli qiyofa bilan eshitishga qasam ichaman. Kulsam, faqat og’zimga doka to’sqich tutilgandagina kulaman.

Bemorlarning hammasi bilan “siz”lab gaplashaman. Garchi o’sha yaramasdan hazar qilsam-da, sezdirmayman.

Bemorni to puli tugamaguncha davolayveraman.

Tibbiy spirtni faqat tibbiy manfaatlar yo’lida ishlataman.

Agar bemorning sirini bilib qolsam, tarqatmayman.

Ko’ribsizki, mendek o’z qasamiga sodiq vrachda hamma narsa bo’ladi:

Ayol ham, baxt ham, pul ham, abadiyga yetadigan vino ham…

Faqat bilib qo’ying, mening qasamim Gerbalayf emas!

Olimjon HAYIT tayyorladi