Hozirgi kunda Turkiyada faoliyat ko’rsatayotgan 200 dan ortiq universitetda dunyoning turli davlatlaridan kelgan 200 mingga yaqin xorijlik talaba tahsil olmoqda.
Ham Osiyo, ham Yevropada o’z tuproqlariga ega bo’lgan, chuqur tarixiy o’tmishi bilan ko’plab sivilizatsiyalarga mezbonlik qilgan, o’z qadriyatlari asosida katta sur’atlar bilan o’sib, rivojlanayotgan Turkiya so’nggi yillarda xorijlik talabalar uchun eng jozibador davlatlardan biri bo’lib bormoqda.
1863 yilda ilk Dorulfununning tashkil etilishi bilan boshlandigan Turkiyadagi universitetler soni hozirgi kunda 209 tani tashkil etadi. Bu universitetlarda esa jami 8 milliondan ortiq maxalliy va horijlik talaba bakalavr, magistr va doktorantura yo’nalishlarida tahsil olmoqda.
Turkiyada faoliyat ko’rsatayotgan universitetlarning 131 tasi davlat universitetlari bo’lib, davlat universitetlari 11 ta texnik universitet, 2 ta tasviriy san’at universiteti va 1 ta yuqori texnologiya instituti, shuningdek, Jandarmeriya va qirg’oq qo’riqlash akademiyasi, Politsiya akademiyasi va Milliy mudofaa universitetini o’z ichiga oladi. Mamlakatda shuningdek 78 ta fond universitetlari ham faoliyat ko’rsatmoqda.
Turkiyada oliy ta’limdagi imtiyozlar chet ellik talabalar uchun ajoyib imkoniyat bo’lib, mamlakatda ta’lim xarajatlari va sayohat chiqimlari ko’plab Yevropa va Amerika davlatlariga qaraganda past bo’lsada, ta’lim sifati yuqori hisoblanadi. Turkiyada nafaqat o’qish kontrakt to’lovlarini, balki turar joy, sug’urta va sayohat xarajatlarini ham qoplaydigan stipendiyalar mavjudligi ham xorijlik talabalar uchun Turkiyaning jozibadorligini oshiradi.
Turkiya o’zining ko’plab nufuzli universitetlari va so’nggi yillarda ta’lim sohasida amalga oshirayotgan tadqiqotlari bilan ham dunyoda yetakchi o’rinlardan birini egallab kelmoqda.
Chet ellik talabalarga berilgan imkoniyatlar, universitetlardagi innovatsion va sifatli ta’lim har yili yanada ko’proq chet ellik talabaning bilim olish uchun Turkiyani tanlashiga sabab bo’lmoqda.
Shuningdek, Turkiyadagi turli universitetlar bitiruvchilarining diplomi dunyoning barcha davlatlarida tan olinishi ham tahsil olish uchun mamlakatga kelayotgan xorijlik talabalar sonining oshishini ta’minlamoqda.