«PSJ» hujumchisi Lionel Messi «Barselona»ga qaytishi mumkinPSG’s Lionel Messi touches his face during the warm-up before the Champions League Group A soccer match between Paris Saint-Germain and Manchester City at the Parc des Princes in Paris, Tuesday, Sept. 28, 2021. (AP Photo/Christophe Ena)

«PSJ» hujumchisi Lionel Messi «Barselona»ga qaytishi mumkin, deya xabar beradi insayder Jerar Romero.

Unga ko’ra, futbolchining otasi allaqachon Kataloniya klubi rahbariyati bilan bog’lanib, transfer masalasini muhokama qilgan. Messi 2000 yildan 2021 yilgacha «Barselona»da o’ynagan. Ammo 2021 yilning yozida shartnomasi muddati tugagach, u «PSJ»ga o’tdi.

Hujumchining o’zi kataloniyaliklar bilan shartnomani uzaytirmoqchi bo’lgan, ammo moliyaviy ahvoli yomon bo’lgani uchun klubga futbolchini ro’yxatdan o’tkazishga ruxsat berilmagan.

Messi joriy mavsumda 26 ta o’yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.