O'zbekistonlik bokschining g'alabasi qaytarib berildi

Ammanda o’tayotgan Osiyo chempionatining yoshlar o’rtasidagi bahslarning yarim finali doirasida bugun -54 kg vaznli Abduvali Bo’riboyev hindistonlik raqibiga qarshi jangda ajoyib harakat qilgan bo’lsada, yakunda hakamlar hind bokschisining g’alabasini qayd etishdi.  Bu haqda O’zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

O’zbekiston boks federatsiyasi mutasaddilari mazkur jang natijasi yuzasidan «protest» berishdi. Jang qayta ko’rib chiqildi va yakunda Abduvali Bo’riboyev final yo’llanmasiga ega chiqdi.