Massimiliano Allegrining o’yini «Yuventus» rahbarlarini unchalik qoniqtirmayapti, shu sababli rahbariyat hali ham hozirgi murabbiyni almashtirishni rejalashtirmoqda.
O’z vaqtida “Yuventus”da o’ynagan Zinedin Zidan hamon o’rin uchun ehtimoliy nomzod sifatida ko’rilmoqda. Bu haqda Italiyaning La Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.
Manba aloqalar tafsilotlarini yoritmayapti, biroq muzokaralar ancha qiyin kechayotgani ta’kidlangan.
Eslatib o’tamiz, Zidan 1996 yildan 2001 yilgacha Turin klubi sharafini himoya qilgan, shundan so’ng u «Real»ga o’tib, faoliyatini shu yerda yakunlagan.
Izohlarni ko`rish