100 yoshga to’lgan AQShlik amaliyotchi shifokor qanday qilib uzoq va baxtli hayot kechirish kerakligi borasida o’z fikrlarini bildirib o’tdi.
Doktor Govard Taker 1922 yilda tug’ilgan va 1947 yilda nevrolog sifatida ish boshlagan. 2023 yilda uning ish tajribasi 75 yil bo’ldi.
Bemorlar ko’pincha shifokordan bunday ulug’ yoshda sog’lom va quvnoq bo’lib qolish uchun nima qilish kerakligini so’rashadi. Bunga javoban 100 yoshli nevropatolog o’z tajribasidan kelib chiqib ishlab chiqqan tamoyil bilan o’rtoqlashdi.
Birinchidan, uning fikricha, nafaqaga chiqishga shoshilishning hojati yo’q. Taker shuncha yoshga kirganiga qaramay hamon ishlamoqda, 89 yoshli rafiqasi, psixiatr va psixoanalist sifatida faoliyat yuritadi.
Ginnesning rekordlar kitobi shifokorni sayyoradagi eng keksa amaliyotchi shifokor sifatida tan oldi.
Pandemiya paytida Taker haftada besh-olti kun bemorlarni ko’rdi va shundan so’ng mahalliy shifoxonada stajyorlarni o’qitdi.
“Agar siz qilayotgan ishingizni yaxshi ko’rish baxtiga erishgan bo’lsangiz va hali ham ishlashingiz mumkin bo’lsa, nafaqaga chiqishni kechiktirishni o’ylab ko’ring. Ko’pgina nafaqaxo’rlar kundalik hayotda kamroq faol bo’lishadi, bu esa kognitiv pasayish xavfini oshiradi”, dedi Govard Taker
Ikkinchidan, siz o’zingizni formada ushlab turishingiz kerak, deb maslahat beradi Taker. Suzish, yugurish, chang’i sport turi 90 yoshga to’lgunga qadar Takerga uzoq vaqt kuchli va sog’lom bo’lishga imkon berdi.
Endi shifokor deyarli har kuni yugurish yo’lakchasida o’rtacha tezlikda besh kilometr yuguradi.
“Hatto har kuni 15 daqiqalik yurish ham bevaqt o’lim xavfini 25 foizga kamaytiradi”, dedi u.
Uchinchidan, 100 yoshli shifokor chekishni mutlaqo tashashni maslahat berdi.
To’rtinchidan, odam o’zini juda cheklamasligi lozim. Moderatsiya bizga to’liq hayot kechirish va uzoq muddatda bizga zarar yetkazishi mumkin bo’lgan ortiqcha narsalarga berilmaslik imkonini beradi.
Taker ko’plab ko’katlar va sabzavotlardan iborat turli xil parhezbop taomlarni iste’mol qiladi. U rafiqasi bilan tez-tez brokkoli, Bryussel karami va bok-choy salatini iste’mol qiladi.