«Milan» hujumchisi Rafael Leau hujum chizig’ini kuchaytirish uchun «PSJ»ning birinchi tanlovidir, deya xabar bermoqda Le10Sport nashri.
Parijliklar rahbariyati Leauni Kilian Mbappe bilan juftlik hosib qilishini xohlamoqda. 23 yoshli portugaliyalik hujumchi «Barselona»ga qaytishga yaqin turgan argentinalik Lionel Messining o’rniga olib kelinadi.
Rafael «rossonerlar» bilan yangi shartnoma bo’yicha kelishmagan va shu sababli klub uni yozda sotishga rozi bo’lishi mumkin. Tomonlar o’rtasidagi shartnoma 2024 yilning yozida yakuniga yetadi.
Joriy mavsumda Leau A Seriyada 28 ta o’yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Izohlarni ko`rish