Britaniya qiroli Charlz III ning shaxsiy boyligi 600 million funt sterlingni yoki 745 million dollarni tashkil etadi. Bu haqda The Times xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, qirolning marhuma onasi Yelizaveta II ning boyligi 370 million funt sterlingni (460 million dollar) tashkil qilgandi. Jurnalistlar Charlz III iqtisodiy tejamkor ekaniga e’tibor qaratadi. Monarx Kornuol gersogligidan (Buyuk Britaniya qirollik taxti merosxo’riga tegishli bo’lgan umumiy ko’chmas mulk) olgan foydaning bir qismini tejagan.
Kornuol gersogligi an’anaviy ravishda taxt vorisi tomonidan boshqariladi. U 130 000 akr yerni, 260 fermani, London janubidagi kriket maydonchasini va Dartmur qamoqxonasi joylashgan yerni o’z ichiga oladi.
10 yil davomida — 2012 yildan 2022 yilgacha — Kornuol Charlz III ga o’zining umumiy boyligining uchdan bir qismini — 212,7 million funt sterlingni (264 million dollar) olib keldi. Ammo qirol o’z mol-mulkidan keladigan daromadni sanab o’tiribgina qolmay, balki ularning rivojlanishiga ham sarmoya kiritdi.
Jurnalistlarning hisob-kitoblariga ko’ra, xuddi shu yillarda gersoglik davlati 1,5 baravarga — 1,04 milliard funt sterlinggacha (1,3 milliard dollar) oshgan. Yillik foyda ham taxminan bir xil hajmda — 25,4 million funt sterlingga (31 million dollar) oshgan.
Qirol Charlz III da kamtarona hayot kechiradigan odam qiyofasi bor: u ko’pincha odmi kostyum va poyabzal da ko’rinish berishi, shuningdek, u energiya iste’moliga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lishi bilan mashhur.