Italiya – Ispaniya, Belgiya Fransiyaga qarshi. UEFA Millatlar ligasi yarimfinal anonsi

Bugun, 6 oktyabrdan e’tiboran FIFA kunlari doirasida milliy jamoalar uchrashuvlari boshlanadi. Yevropada JCh-2022 saralash bahslaridan oldin UEFA Millatlar ligasining hal qiluvchi uchrashuvlari o’tkaziladi. Yarimfinal doirasida Italiya Ispaniyaga qarshi saf tortsa, Belgiya Fransiyaga qarshi o’yinda final yo’llanmasi uchun kurashadi.

Ispaniya Yevro-2020dagi mag’lubiyat uchun revansh ololadimi?

Turnirning dastlabki yarimfinal juftligida azaliy raqiblar o’zaro to’qnash keladi. «Moviy gvardiya» «qizil furiya»ni o’z maydonida qabul qiladi. Chorshanba oqshomidagi bir o’yindan iborat yarimfinal bahsida Luis Enrike murabbiyligidagi ispanlar Yevro-2020dagi alamli mag’lubiyat uchun Roberto Manchini shogirdlaridan revansh olish ilinjida to’p surishadi. 6 iyul kuni Londonda o’tgan Yevro-2020 yarimfinal bahsining asosiy vaqti 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan, penaltilar seriyasida esa italyanlar ispanlardan omadliroq chiqqandi – 4:2. Bu safar kim finalga munosibroq bo’ladi, ko’ramiz.

Italiya – Ispaniya, Belgiya Fransiyaga qarshi. UEFA Millatlar ligasi yarimfinal anonsi

Qayd etish joiz, ushbu hal qiluvchi bahslar Milandagi «San-Siro» va Turindagi «Yuventus stedium»da o’tkaziladi.

Millatlar ligasi. Yarimfinal.

6 oktyabr (chorshanba)

ITALIYa – ISPANIYa

O’yin boshlanish vaqti: 23:45

Stadion: Milan, «San-Siro»

Taxminiy tarkiblar:

Italiya: Donnarumma; Di Lorenso, Bonuchchi, Kyellini, Emerson; Barella, Jorjino, Verratti; Kyeza, Raspadori, Insinye

Ispaniya: Unay Simon; Aspilikueta, Lyaport, Pau Torres, Regilon; Koke, Buskets, Fornals; Ferran Torres, Oyarsabal, Sarabiya.

Italiyaning musobaqadagi natijalari:

A1 guruhi g’olibi: G’-3 D-3 M-0

Eng yaxshi to’purari: Domeniko Berardi – 2

04.09: Italiya – Bosniya  va Gersegovina 1:1

07.09: Niderlandiya – Italiya  0:1

11.10: Polsha – Italiya  0:0

14.10: Italiya – Niderlandiya 1:1

15.11: Italiya – Polsha  2:0

18.11: Bosniya va Gersegovina – Italiya 0:2

Italiya – Ispaniya, Belgiya Fransiyaga qarshi. UEFA Millatlar ligasi yarimfinal anonsi

Ispaniyaning musobaqadagi natijalari:

A4 guruhi g’olibi: G’-3 D-2 M-1

Eng yaxshi to’purari: Ferran Torres – 4

03.09: Germaniya – Ispaniya 1:1

06.09: Ispaniya – Ukraina 4:0

10.10: Ispaniya – Shveysariya 1:0

13.10: Ukraina – Ispaniya 1:0

14.11: Shveysariya – Ispaniya 1:1

17.11: Ispaniya – Germaniya 6:0

Italiya – Ispaniya, Belgiya Fransiyaga qarshi. UEFA Millatlar ligasi yarimfinal anonsi

 

Belgiya JCh-2018dagi mag’lubiyat alamini ololadimi?

Yulduzli tarkibga ega Belgiya milliy jamoasini Rossiyada o’tgan JCh-2018da Fransiya milliy jamoasi turnirdan chiqarib yuborgandi. O’shanda ham Roberto Martinez shogirdlari Didye Desham boshqaruvidagi fransuzlarga qarshi yarimfinalda to’p surib, Umtitining yagona goli evaziga mundial bilan xayrlashishgandi.

Italiya – Ispaniya, Belgiya Fransiyaga qarshi. UEFA Millatlar ligasi yarimfinal anonsi

De Bryuyne, Lukaku, Azar yetakchiligidagi belgiyaliklar o’sha mag’lubiyat o’chini olish imkoniyatiga ega. Zero, Fransiya milliy jamoasi jahon chempioni bo’lgach, avvalgi mavqeida emasligi Yevro-2020da ko’rindi. «Uch ranglilar» oxirgi 6 o’yindan bor yo’g’i bittasida g’alaba qozona olishdi, o’shanda ham Finlandiya mag’lub etildi. «Qizil iblislar» esa oxirgi 10ta o’yindan 8tasida g’alaba, bitta durang va faqat bir marta mag’lub bo’lishdi – Yevro-2020 chorakfinalida amaldagi Yevropa chempioni Italiyaga (1:2). Shunday ekan, Roberto Martinez murabbiyligidagi Belgiya milliy jamoasi yakshanba kuni o’tadigan turnir finalida to’p surish uchun yaxshi imkoniyatga ega.

Millatlar ligasi. Yarimfinal.

7 oktyabr (payshanba)

BELGIYa – FRANSIYa  

O’yin boshlanish vaqti: 23:45

Stadion: Turin, «Yuventus stedium»

Taxminiy tarkiblar:

Belgiya: Kurtua; Alderveyreld, Denayer, Vertongen; Kastan, Vitsel, Tilemans, Torgan Azar; de Bryuyne, Lukaku, Eden Azar

Fransiya: Loris, Upamekano, Varan, Kimpembe; Pavar, Pogba, Rabo, Din; Grizmann; Mbappe, Benzema

Belgiyaning musobaqadagi natijalari:

A2 guruhi g’olibi: G’-5 D-0 M-1

Eng yaxshi to’purari: Romelu Lukaku – 5 gol

05.09: Daniya – Belgiya 0:2

08.09: Belgiya – Islandiya 5:1

11.10: Angliya – Belgiya 2:1

14.10: Islandiya – Belgiya 1:2

15.11: Belgiya – Angliya 2:0

18.11: Belgiya – Daniya 4:2

Fransiyaning musobaqadagi natijalari:

A3 guruhi g’olibi: G’-5 D-1 M-0

Eng yaxshi to’purar: Olivye Jiru – 3

05.09: Shvetsiya – Fransiya 0:1

08.09: Fransiya – Xorvatiya 4:2

11.10: Fransiya – Portugaliya 0:0

14.10: Xorvatiya – Fransiya 1:2

14.11: Portugaliya – Fransiya 0:1

17.11: Fransiya – Shvetsiya 4:2

Italiya – Ispaniya, Belgiya Fransiyaga qarshi. UEFA Millatlar ligasi yarimfinal anonsi

Millatlar ligasi anonsi:

3-o’rin uchun o’yin.

10 oktyabr (yakshanba)

«Yuventus stedium», Turin.

Final

10 oktyabr (yakshanba)

«San-Siro», Milan.

Italiya – Ispaniya, Belgiya Fransiyaga qarshi. UEFA Millatlar ligasi yarimfinal anonsi