HAKKA HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR…

 

1. Hakkaning uzunligi 50 sm, qanotlari yoyilganda, 90 santimetrni tashkil etadi.

2. Hakka tabiatdagi eng aqlli qushlarning biri hisoblanadi. U qayg’urishni, achchiqlanishni, quvonishni o’ziga xos ko’rinishda namoyish eta oladi.

3. Hakka qushlar orasida ko’zgu orqali o’zini taniy oluvchi yagona jonzot sanaladi. To’g’ri, to’ti ham ko’zgudagi aksini taniydi, ammo u o’zini to’ti emas, boshqa bir jonzot o’rnida tasavvur etadi.

4. Hakka o’rmonlarda emas, odamlar bor joyda yashashni ma’qul ko’radi.

5. Ko’pincha hakka itlarning suyaklarini, boshqa qushlarning iniga kirib tuxum va jo’jalarini o’g’irlab qochadi.

6. Xitoyliklar hakkani baxt keltiruvchi qush sifatida qadrlaydi. Rus xalq og’zaki ijodida esa hakka g’iybatchi va sergap xotin timsoli sifatida tasvirlanadi.

7. O’z bolalarini himoya etish uchun hakkalar to’da-to’da bo’lib tunaydi.

8. Hakka yaltir-yultir buyumlarni xush ko’radi. Shu sababli qaerlardandir yaltiroq buyumlarni o’g’irlab kelib inini bezaydi. Shu yo’l bilan o’ziga umr yo’ldosh jalb etishga harakat qiladi.

9. Ortib qolgan yemishni yer ostiga berkitadi. Keyin oradan qancha vaqt o’tmasin, yashirganini topa oladi.

10. Hakkaning bolasi bir oylik bo’lgach, ona inini tark etib, mustaqil yashay boshlaydi.

11. Bir martada hakka 7-8 talab tuxum qo’yadi. Urg’ochisi tuxumlarni 18 kun davomida bosib yotadi.

12. Hakka bir marta o’zi ko’rgan odamni ming yildan keyin ham yuz tuzilishiga qarab taniy oladi.

13. Kushandasiga galalashgan, baland ovozda, asabni buzuvchi tovush chiqargan holda hujumga o’tadi.

14. Hakkani sanashga va inini maxsus tozalash asboblari yordamida tozalashga o’rgatish mumkin.

15. Nasroniylar qadimda hakkani yovuz ruhlar elchisi sifatida qoralagan. Ularni shaharlarga yaqin keltirishmagan. Uchib kelganlarini qanday yo’l bilan bo’lmasin qirib yuborishgan.

16. Hakka o’rtacha 12-15 yil yashaydi.

Olimjon HAYIT tayyorladi