OZODAXON… (Toshkent tibbiyot akademiyasi kardiologiya bo'limi hamshirasiga hazil she'r…)

 

Hamshira qiz qaymoq devdim, ixlos edi,

Qarashlari quvloq devdim, e’zoz edi,

Bilgani bir qiynoq devdim, haq rost edi,

Ozodaxon, man xastani qiynamagin,

Sevmayman deb asabimga o’ynamagin.

 

«Aka»lading, aka bo’lib qolayozdim,

Ko’p lab burding, bo’larimcha bo’layozdim,

Nishlaringdan sal bo’lmasa o’layozdim,

Ozodaxon, man xastani qiynamagin,

Sevmayman deb asabimga o’ynamagin.

 

Tun. It hurmas, karvon o’tmas, men o’taman,

Qorong’idan qo’rqqan nomard, tek kutaman,

Derazangga toshlar otib uyg’otaman,

Ozodaxon, man xastani qiynamagin,

Sevmayman deb asabimga o’ynamagin.

 

Oh, qaniydi, bo’yingga bir bo’ylasaydim,

Seni obdon hansiratib quvlasaydim,

Faqat sening nog’orangga o’ynasaydim,

Ozodaxon, man xastani qiynamagin,

Sevmayman deb asabimga o’ynamagin.

 

Mana, qara, tek turibman, yelganim yo’q,

Hali qaynoq bag’irchangga to’lganim yo’q,

Men TOShMI ga qiynoq uchun kelganim yo’q,

Ozodaxon, man xastani qiynamagin,

Sevmayman deb asabimga o’ynamagin.

Hormasboy TOLMASBOYEV

 

 

 

OZODAXON… (Toshkent tibbiyot akademiyasi kardiologiya bo'limi hamshirasiga hazil she'r…)OZODAXON… (Toshkent tibbiyot akademiyasi kardiologiya bo'limi hamshirasiga hazil she'r…)OZODAXON… (Toshkent tibbiyot akademiyasi kardiologiya bo'limi hamshirasiga hazil she'r…)