* * *
— Taqdir, hoy taqdir! Menga aqlli, go’zal, meni butun borlig’i bilan sevadigan, «osmondagi oyni olib ber» deb xarxasha qilmaydigan, quchganimda hadeb o’zini taroziga solavermaydigan qizni hadya et!
Internet bir siltandi-da, quyidagi javob monitorda namoyon bo’ldi:
«Sizning so’rovingiz bo’yicha hech narsa topilmadi.»
* * *
Do’konga bir erkak kirib sotuvchidan so’radi:
— Manavi velosiped g’alati ekan. Buning nima karomati bor?
— Bu velosiped-tandem deb nomlanadi. Xotiningiz bilan birga xohlagan joyga ketaverishingiz mumkin.
— Mening xotinim velosiped haydashni bilmaydi.
— Ayni muddao. Orqa o’rindiqda o’tirib, pedalni aylantirib ketsa bo’ldi. Rulni siz boshqarasiz.
— Zo’r ekan. Menga qarang, mana shu oldindagi pedallarni yechib tashlasa bo’lmaydimi?
* * *
Muallima 1- sinf o’quvchilariga bo’lishni o’rgatyapti. Doskaga 2: 2 raqamini yozdi-da, so’radi:
— Bolalar, bu nimani anglatadi?
Orqa partada o’tirgan bir o’quvchi bor ovozda baqirdi:
— Durangni!
* * *
— Azizim, meni sevasizmi?
— Nima desam ekan? Ha, sevaman.
— O’sha «Nima desam ekan»siz ayting.
— Yaxshi, sevaman.
— «Yaxshi»siz ayting. Yo’q, yaxshisi, «Seni jonimdan ortiq sevaman» deng.
— Seni jonimdan ortiq sevaman.
— Aldayapsiz.
— Aldamayapman. Chunki senga uylanganimdan beri mana shu jonni ko’rishga ko’zim yo’q.
* * *
Beshinchi sinf o’quvchisidan so’rashdi:
— Bo’rivoy, kimni ko’proq yaxshi ko’rasan? Ukangnimi, opangnimi?
— Ukamni. U kundaligimni axlat idishga tashlab yuborgan.
* * *
Ikki bolakay bolalar bog’chasida suhbatlashayapti:
— Men juda qo’rqib ketayapman.
— Nega?
— Dadam yangi mashina sotib olganda, eskisini sotib yuborgandi.
— Shunga qo’rqayapsanmi?
— Yo’q, menga aytishdiki, oyim yaqinda yangi o’g’il sotib olmoqchi emish
* * *
Muallima beshinchi sinf o’quvchilarining birini turg’azib so’radi:
— Hayratga soladigan tasodif haqida biror misol ayta olasanmi?
— Ha, aytishlaricha, dadam bilan oyimning to’yi bir kunda bo’lgan ekan.
* * *
Dangasa do’stiga dedi:
— Men ilonga aylanib qolishni xohlayman.
— Nega?
— Ishga sudrali-ib borardim.
* * *
— Oshna, xotinim men bilan ajrashmoqchi shekilli.
— Bu gapni qaerdan olding?
— Kecha uyga dugonasini yetaklab keldi.
— Nima qipti?
— Dugonasi ja ketvorgan ekan-da!
* * *
Ona olti yashar o’g’lini urishyapti:
— Qara, hammayog’ing changga botibdi! Xuddi ho’tikchaga o’xshab qolibsan!.. Aytgancha, ho’tikchaning nimaligini bilasanmi o’zi?
— Bilaman. Ho’tikcha eshakning bolasi-da!