1. O’rta asrlarda Angliyada kelin bo’lishni xohlagan qizlar uchun ajabtovur odat bor edi. Cherkovga kattakon, og’ir sandiq qo’yishgan. Kelinlikka da’vogar shu sandiqning qopqog’ini o’z kuchi bilan ochishi kerak bo’lgan. Bu qizning ro’zg’or yumushlariga tayyorligini isbotlagan. Agar qiz qopqoqni ocha olmasa, nikoh o’qilmagan.
2. Irlandiya qizlari yilning faqat bir sanasida o’zi yoqtirgan yigitning qo’lini so’rashga haqli. Bu sana 29 fevral hisoblanadi.
3. Togo respublikasida yashovchi erkaklar ayollarga kamdan-kam hollarda xushomad qilishadi. Chunki bu davlatda xushomad ayol yoki qizning qo’lini so’rash deb qabul qilinadi.
4. Bushmenlarda «muhabbat o’qi» deb nomlangan kamon o’qi bor. O’qlar suyakdan tayyorlanadi. O’qning uchi o’tkirlanib, og’riq qoldiruvchi maz suriladi. Yigit o’zi tanlagan qizga kamonsiz o’z qo’li bilan shu o’qni otishi zarur. Agar o’q qizning tanasiga sanchilsa, to’y bo’ladi. Mabodo tegmasa, bu yigitning ismini qalliqlar ro’yxatidan o’chirib tashlashadi.
5. XIX asr boshlarida Rossiyada shov-shuvli hodisa yuz berdi. Yosh shoirlardan biri sevgan qiziga bir tomli she’riy to’plamini yo’lladi. She’rlarning barchasida u qizga qo’lini so’rab murojaat etgandi. Qiz hayratdan yoqa ushladi va shoirning sevgi izhorini qabul qildi. Ajablanarlisi, she’riy to’plam muqovasini shu shoir yigitning qo’l terisidan tayyorlashgan ekan.
6. Avstraliyada dunyodagi o’ta zaharli ilon istiqomat qiladi. Uni «sohilbo’yi taypani» deb atashadi. Shu ilon bir vaqtning o’zida zahrini sochsa, yuz nafargacha bo’lgan odamni o’ldira oladi.
7. Meksikada makkajo’xori universal yemish sanaladi. Uni xomligicha ham, qovurib yo qaynatib ham yeyishadi. Makkajo’xoridan hatto muzqaymoq ham tayyorlashadi.
8. Nepaldagi ko’plab uylarning derazalariga albatta panjara o’rnatiladi. Lekin oyna qo’yilmaydi.
9. Maltada bomjlar ham, gadoylar ham yo’q. Maltaliklar mafiya degan atamani hech qachon eshitishmagan.
10. Gollandiya erkaklari dunyodagi eng novcha erkaklar hisoblanishadi. Bu mamlakatdagi erkaklarning bo’yi o’rtacha 182 santimetrga teng.
nicetrip. kz/ru
Olimjon HAYIT tayyorladi