— Dada, nimaga oyimga uylangansiz?
Dadasi oyisi tomon o’girilib:
— Ko’rdingmi? Bolayam hayron..
***
Yaqindagina haydovchilik guvohnomasini olgan yigit mashinasini burib olishga qiynalib tursa, bir yosh bola o’tib qolibdi:
— Hoy bola, mashinamni haydayman, qarab tur. Agar simyog’ochga tegsa aytasan, xo’pmi?
— Ho’p bo’ladi, haydang, haydayvering, – debdi bola.
Bir vaqt «qars» etgan ovoz chiqsa.
— Tegdi amaki, – dermish.
***
Bir odam barda qo’lidagi qadahni aylantirib ichsammi ichmasammi, – deb o’ylanib o’tiraveribdi. Buni kuzatib o’tirgan bir krutoy yigit kelib:
— Sen o’zi ichasanmi ichmaysanmi? – deb, qadahni bir ko’tarishda ichib qo’yibdi-da, haligi odamni masxara qilib tirjayibdi.
O’ylanib o’tirgan boyagi kishi unga qaragancha, o’zicha pichirlabdi: «Ishdan haydaldim, mashinam pachoq bo’ldi, bankdan yuz million kreditim bor, xotinim tashlab ketdi, endi esa zaharimni ham mana bu ahmoq ichib qo’ydi», – dermish.
***