Gai xodimi:
— Yaxshi qiz , haydovchilik guvohnomangiz bormi?
— Ha bor.
— Qani bir tekshirib ko’raylik…
— Iltimos, olib qo’ymang!
— Nega?
— Chunki guvohnomadagi rasmga juda chiroyli tushgandim-da.
***
Titanikni ko’rib ezilib yig’lab o’tirgan lo’lidan so’rashibdi:
— Film juda ta’sirlimi?
— E, e yo’q, essiz shuncha metallom bekorga ketti, – dermish.
***
Afandi Podsho bilan ovga chiqdi. Podsho bir kiyikni quvib borib otgan edi, o’qi xato ketdi. O’zini juda ham mergan deb, har doim maqtanib yurgan Podsho Afandining oldida xijolat bo’ldi-da, o’zini oqlay boshladi:
— Qara, Afandi, juda mug’ombir ov ko’rgan quv kiyik ekan, mening o’qimga chap berib ketdi-ya.
Afandi Podshoga taskin berib, aytdi:
— Agar kiyikning o’rnida yuzta odam bo’lsa ham bexato urgan bo’lar edingiz, kiyik ham ovmi!
***
Erta tongda uyiga qaytgan eriga eshik ochgan xotini:
— Ha, nega keldingiz? – debdi.
Eri bo’lsa o’zini yo’qotib:
— Nonushta qilgani…, – dermish.
***
Bir qo’li yo’q nogiron tushkunlikdan yig’lab o’tirgan ekan, narirokda ikkala qo’lidan ham mahrum bo’lgan bir odam tinmay raqsga tushayotgan emish. Bir qo’llik nogiron yaqinroq kelib, so’rabdi:
— Mening bir qo’lim yo’qligidan xudoga nolib o’tirsam-u, sen ikkala qo’ling bo’lmasa ham hadeb raqsga tushasan?
Ikki qo’li yo’q debdi:
— Ko’p gapirmasdan yelkamni qashib qo’ysang-chi…?! Boyadan beri qiynalib ketdim…