1.Toshbaqaning ba’zi turlari o’zining kuchliligi bilan barchani hayratga sola oladi. Masalan, dengiz yashil toshbaqasi 5 kishini toshiga o’tqazgancha manziliga yetkazib qo’ya oladi.
2. Odam oshqozonining ichki qavatlari har uch kunda yangilanib turadi.
3. Tildagi oppoq dog’lar har kuni ertalab ko’zga tashlanadi-a? Ular aslida tun bo’yi o’lgan to’qimalar ekan.
4. Agar biz umrimiz davomida yo’qotadigan kipriklarni bir joyga yig’sak, ularning uzunligi 30 metrga yetadi.
5. O’rgimchak uyasi qon ketishini to’xtata oladi. Achinarlisi, o’sha paytda u yonimizda bo’lmaydi.
6. Kulgi allergik reaksiyalarni zaiflashtiradi. Afsuski, allergiya xuruj qilgan payt kulgi ko’ngilga sig’maydi-da!
7. Immunitetimiz oshqozon-ichak qismimizda yashaydi. Ular bakteriya ko’rinishida bo’lib, salomatlikni har taraflama qo’llab-quvvatlash uchun xizmat qiladi.
8. Afrikada “Fil o’ti” degan maysa bor. Maysaning bunday atalishiga sabab shuki, bo’yi 5 metrgacha yetadi. Demak, fillar ham shu maysa ichiga kirib bemalol bekinmachoq o’ynasa bo’ladi.
9. Agar juda ko’p miqdorda piyoz yesangiz, uyqungiz kela boshlaydi. Piyoz tibbiyotchilarning aytishicha, ko’p holatlarda tinchlantiruvchi dori vazifasini bajaradi.
10. Sabzining rangi ilgari siyohrangda bo’lgan ekan. Seleksiyachilarning tinimsiz izlanishlari tufayli u sariq va qizg’ish tusga kirgan.
treeland.ru
Olimjon HAYIT tayyorladi