Hodisa Tinsukiya shahri, Assam shtatida sodir bo’ldi. Mahalliy matbuot xabarlariga ko’ra, Hindistondagi davlat bankiga tegishli bo’lgan bankomat 20 may kuni ishlashdan to’xtagan. Bir necha hafta o’tib, 11 iyun kuni xodimlar qurilmani ichkaridan ochib, uni tekshirishga qaror qilishadi. So’ng hayratdan qotib qolishadi.Pulning katta qismi sichqonlar tomonidan yeb qo’yilgandi.
Bankomatda jami 2 million 948 ming rupiya mavjud bo’lib, sichqonlar shundan 1million 238 ming rupiyni yo’q qilishgandi.
Hozirgi paytda ish politsiyaga topshirilgan. Tergov davom etmoqda.
manba: Aniq.uz
Izohlarni ko`rish