— Og’ayni, senga achinaman! Uylanganingga bir oydan oshibdi-yu, haliyam paypog’ingni o’zing yuvyapsan-a!

— Nima? Ko’z bormi o’zi senda? Bu xotinimning paypog’i-ku!

* * *

Mendeleev davriy jadvaliga yangi kimyoviy element qo’shildi. Element nomi: Ayol. Kodi: Fm.

Og’irligi: yashashdan umidingiz bo’lsa, so’ramaganingiz ma’qul!

Fizikaviy xossasi: kutilmagan payt qaynab ketadi, o’ylamagan vaqtingizda muzlashi mumkin. Yuqori darajada portlash xususiyatiga ham ega.

Kimyoviy xossasi: pul, oltin, kumush, platina va hokazolar bilan yolg’iz qoldirib bo’lmaydi. Tez reaksiyaga kirishib ketadi.

Kamchiligi: juda ishonuvchan. Ko’p uchraydigan joylar: ko’zguning oldida, telefonning oldida va bozorda.

Qo’shimcha ma’lumot: ochilmagan qirralari ko’p.

Yashash muddati: qo’rqmang, erkaklarnikidan ko’p.

* * *

Tajribali tarvuz sotuvchisi o’g’lining boshiga bir chertib, imtihonlarga tayyor yoki tayyor emasligini bilib olarkan!

* * *

Agar erkak mashinasidan tushayotgan ayolga eshiklarni ochib tursa, demak, ikkalasidan bittasi hali yangi ekani aniq!

* * *

Bir yigit chiroyli qizning oldiga keldi.

— Yaxshi qiz, menimcha, siz oq otdagi shahzodangizni kutyapsiz, shundaymi?

Qiz:

— Ha, shunday!

Yigit:

— Ketdik unda…

Qiz:

— Shahzoda qani?

* * *

— Qo’yni qanday qilib sog’ish mumkin?

— Yangi “iPhone” ishlab chiqib, sotuvga qo’yish kerak. Ana keyin sog’sa bo’ladi…

* * *

Xotin eriga debdi:

— Adasi, ishdan qaytishingizga somsa va palov pishirdim, yeysizmi?

Er:

— Albatta, kun bo’yi faqat shular haqida o’yladim…

Xotin:

— Men haqimda-chi?!

Er:

— Albatta, seni ham esladim. Axir somsa va palovni sen pishirasan-ku!

* * *

Uzoq yo’lga yuradigan yuk mashinasida o’tirgan haydovchi kosachadan ovqat yeyayotgan ekan, yonidan kuchuk o’tib ketayotib debdi:

— Salom, og’ayni!

Haydovchining jahli chiqibdi:

— Qanaqasiga senga og’ayni bo’lay?!

— Kichkina uychada yashaysan, kosachadan ovqat yeyapsan, xo’jayining ham bor bo’lsa kerak.