Kun kulgisi

Talaba kafega kirsa, dekan tushlik yeb o’tirgan ekan. Talaba dekanni yoniga borib:
— Domlajon, maylimi siz bilan bir stolda o’tirib, ovqatlansam? – desa, dekanni jahli chiqib:
— Qaerda ko’rgansan burgut bilan kalamushni birga ovqat yeb turganini, – debdi.
Shunda talaba bir kulib qo’yibdi-da:
— Unda siz ovqatingizni yeyavering, men uchib ketaqolay, – dermish.

***

Kunlarning birida Afandi xotiniga dedi:
— Men majlisga boraman, kech qolsam kerak, darvozani berkitib yotaveringlar.
— Yaxshi, siz kelguncha zerikib o’tirmay teatrga bora qolaman, – dedi xotini.
— Nima, teatrga? Kim bilan?
— Albatta majlisga bormagan odam bilan-da!

***

Afandi bir idoraga ishga kirmoqchi bo’lib borgan edi, uning boshlig’i «erta keling, indin keling» deb juda ko’p sarson qildi. Afandi bu ishdan umidini uzib o’sha idora yonidagi sartaroshxonaga kirib ishlay boshladi. Bir kuni idora boshlig’i kirib Afandiga soch oldirmoqchi bo’l-di, Afandi uning sochining yarmini oldi-da:
— Turing, qolganiga ertaga keling! – dedi.

***

Bayram arafasida er xotiniga tinmay tirjaya boshladi:
— Dadasi, nima gap, namuncha menga qarab tirjayasiz?
— E, xotin! Kecha televizorda «Agar xotiningizga bayramga sovg’a sotib ololmasangiz, tabassum qiling», deyishdi.