1. 1817 yil 4 may kuni «Kelnishe saytung» deb nomlangan gazeta birinchi muqovasi bo’sh holatda nashrdan chiqdi. Bu ishni gazetachilar senzuraga qarshi norozilik ramzi sifatida amalga oshirishdi.
2. Fransiyadagi «Sapyorning shami» gazetasi har to’rt yilda bir marta, ya’ni, har 29 fevralda nashr etiladi. Gazetada albatta krossvord beriladi. Buning javobini esa 4 yildan keyin bilishingiz mumkin bo’ladi. Gazetaga obuna ham bo’lish mumkin. Obuna bahosi 100 yevro bo’lib, 100 yil muddatga mo’ljallangan.
3. Banan nafaqat sariq, balki qizil rangda ham bo’ladi. Qizil banan sarig’iga nisbatan yumshoq bo’ladi va uni uzoqqa olib ketib bo’lmaydi. Tez fursatda iste’molga yaroqsiz holga kelib qoladi.
4. Paragvayda chakalaksimon bir o’simlik borki, uning bargi shakardan 300 karra shirinroq.
5. Odam xotirjam holda yotgan mahali bir kecha-kunduzda 400-500 litr kislorod yutadi. Buning uchun har daqiqada 12-20 marta nafas olib, nafas chiqaradi.
6. Odam tanasida boshni hisoblamaganda, 20 mingtaga yaqin yung mavjud.
7. Bir kecha-kunduzda odam tanasidan ajralib chiqqan issiqda 33 litr muzlagan suvni qaynatib olsa bo’ladi.
8. Hayotimiz davomida miyamizdagi xotira maydoni 1 kvadrilliontagacha alohida axborotlarni o’zida saqlab qoladi.
9. Ko’rsatkich barmog’imiz boshqa barmoqlarga nisbatan o’ta sezuvchan sanaladi.
10. Erkak soch tolasining diametri ayol soch tolasiga qaraganda ikki karra ortiqni tashkil etadi.
interesnыe-faktы. som
Olimjon HAYIT tayyorladi
Olimjon Hayitning turli mavzulardagi xabarlari, maqolalari, hikoyalari endi «Telegramm» dagi alohida kanalda! Bizga qo’shiling, afsuslanmaysiz!
t. me/olimjonhayit